Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi YTHda 4 piyoda halok bo‘ldi
Ishtixon tumanida Damas haydovchisi piyodalarni urib ketgan. Chinozda haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida harakatlangan.
4 yanvar kuni soat 21:40 larda Toshkent viloyati Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi M34 Toshkent-Dushanbe yo‘lining 61-kmda, «VAZ 2105» avtomobili yo‘l chekkasidagi ikki piyodani urib ketgan. Oqibatda har ikkala piyoda vafot etgan.
«VAZ 2105» haydovchisi spirtli ichimlik ichib harakatlangani aniqlandi.
3 yanvar kuni soat 22:30 larda Samarqand viloyati Ishtixon tumanidan o‘tgan M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 51-kilometrida Damas ikki nafar piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyodalar olgan jarohati sabab shifoxonada vafot etgan.
Mavzuga oid

14:10 / 04.07.2025
Usta Shirin ko‘chasida Cobalt va Tracker-2 to‘qnashdi

13:23 / 03.07.2025
«Liverpul» hujumchisi Jota YTH oqibatida halok bo‘ldi

10:41 / 03.07.2025
Chilonzorda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Lacetti Damas bilan to‘qnashdi

16:10 / 01.07.2025