Ayrim faoliyat bilan tomorqasida shug‘ullanganlar rasmiy band aholi toifasiga kiritiladi
2023 yil 1 yanvardan ayrim faoliyatlar bilan o‘z tomorqasida shug‘ullanganlar rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritiladi.

Foto: Kun.uz
O‘zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida qator faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo‘shiladi.
Bunda, ular tomonidan yiliga BHMning kamida 1 baravari (300 ming so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lanishi lozim.
Ushbu faoliyat turlari quyidagilar:
- chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar);
- issiqxona;
- parrandachilik (bedana, kurka, g‘oz, o‘rdak);
- quyonchilik;
- asalarichilik;
- baliqchilik;
- bog‘dorchilik;
- limonchilik;
- gulchilik.
Mavzuga oid

12:05 / 05.04.2025
Tomorqa uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha choralar tasdiqlandi

15:16 / 03.04.2025
Mubin Mirzayev o‘zini o‘zi band qilish turlari qisqarishiga izoh berdi

17:02 / 02.04.2025
Yetakchi tadbirkorlar aholi tomorqasiga sifatli urug‘ va ko‘chat yetkazib beradi

11:13 / 31.03.2025