Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirishni muhokama qilmoqda
Shuningdek, Rossiya gazi O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga ham yetkazilishi mumkin.

Foto: Getty Images
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
«Biz Qozog‘iston va O‘zbekistondagi hamkorlarimiz bilan ularning ichki bozoriga gaz yetkazib berish hajmini oshirishni muhokama qilmoqdamiz, chunki ularning iste’moli ortib bormoqda», — dedi Novak.
«Agar chuqurroq istiqbol haqida gapiradigan bo‘lsak, bu Markaziy Osiyoning infratuzilma quvvatlaridan foydalangan holda yoki Eron hududidan Afg‘onistonga va Pokistonga gaz yetkazib berish masalasidir», deb xulosa qildi Novak.
15 noyabr kuni Moskva yangi shartnoma asosida Ozarboyjonga tabiiy gaz yetkazib berishni boshladi. Yetkazib berish muddati 2023 yil martigacha, gaz hajmi 1 milliard kub metrdan oshmaydi, bitim shartlari oshkor etilmagan.
Mavzuga oid:
Mavzuga oid

18:53 / 07.06.2025
«Vagner» tarkibiga yollangan o‘zbekistonlik sudlandi

13:16 / 07.06.2025
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»

10:22 / 07.06.2025
Ekspertlar: Rossiyaga bombardimonchilarni almashtirish uchun yillar kerak bo‘ladi

09:41 / 07.06.2025