Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston gaz plitalarni asosan Belarus va Xitoydan sotib olyapti
O‘zbekistonga gaz plitalar importi 1,3 mingta oshgan.

Foto: Getty Images
O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 4,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 38 979 dona gaz plitalar import qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, gaz plitalar importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1328 donaga oshgan.
O‘zbekiston 10 oy mobaynida eng ko‘p gaz plitalarni import qilgan davlatlar orasida Belarus birinchi o‘rinni egallab turibdi – 16,1 mingta.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Xitoy – 15,1 mingta;
- Turkiya – 5,3 mingta;
- Polsha – 681 ta;
- Italiya – 625 ta;
- Ispaniya – 605 ta.
Mavzuga oid

07:47 / 11.07.2025
O‘zbekiston 5 oyda qariyb 10 mingta elektromobil import qildi

13:56 / 09.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi

15:34 / 04.07.2025
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi

19:40 / 28.06.2025