Navoiyda anomal sovuq kuzatildi
Navoiy viloyatining shimolidagi «Oqbaytal» kuzatuv stansiyasida 20 daraja sovuq qayd etildi.

Foto: O‘zA
Bugun, 4 dekabr kuni ertalab Navoiy viloyati shimolida havo harorati 20 darajagacha pasaydi. Bu haqda Navoiygidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyatning Uchquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahrida 11-14 darajagacha, shimoliy Qizilqum hududlarida joylashgan «Oqbaytal» meteorologik stansiyasida 20 daraja sovuq kuzatilgan. «Oqbaytal»da tuproq yuza qatlamidagi termometr ustunchasi 23 darajali sovuqlikni qayd etgan.
Oldinroq “O‘zgidromet” tomonidan dam olish kunlari sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid

16:59 / 23.06.2025
“Yasalgan” jinoyat: Navoiyda ikki qiz IIB “rezultati” uchun qamoqqa tiqildi

13:20 / 23.06.2025
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati biroz pasayadi

10:45 / 23.06.2025
O‘zbekiston janubida harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilyapti

12:36 / 20.06.2025