Toshkent shahri tumanlarini rivojlantirish bo‘yicha shtab tuzildi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar vaziri Jamshid Xo‘jayev rahbarligida video-konferens-aloqa vositasida Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo
Unda Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, vazirliklar, idoralar, tijorat banklari rahbarlari, Yashnobod, Bektemir, Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Yunusobod tumanlari hokimlari, ular o‘rinbosarlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Toshkent shahar tumanlariga biriktirilgan mas’ul rahbarlar hisobotlari tinglandi. Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy budjetlar daromad manbalarini kengaytirish, jamoat transporti va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohasidagi xizmatlar sifatini oshirish, «temir», «ayollar» va «yoshlar» daftarlari»ga kiritilganlarni ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida bosh shtabni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Tuman hokimliklarida tezkor shtablar tashkil etilib, ularga tuman hokimlari rahbarlik qiladi. Ular vazifalari sirasiga vaziyatni o‘rganish va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha tizimli takliflarni ishlab chiqish kiradi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma qabul qilindi, uning ijrosini nazorat qilish Bosh prokuratura tomonidan olib boriladi.
Mavzuga oid

10:06
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi

15:34 / 05.06.2025
Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi

22:38 / 03.06.2025
Bo‘rijar kanalidagi voqea qahramonlari “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

17:32 / 03.06.2025