Jizzaxda mast er xotinini urib o‘ldirdi
Mast erkak xotinini do‘pposlagan va oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 15 noyabr kuni soat 16:53 larda Sharof Rashidov tumanida mast er xotinini do‘pposlab, uning vafot etishiga sababchi bo‘lgan.
Sharof Rashidov tumani “Yangidiyor” MFYda yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan erkak mast holda qo‘li bilan xotini, 1983 yilda tug‘ilgan ayol tanasining turli joylariga urgan. Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan ayol voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Shuningdek, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB mas’ul rahbarlari, tuman sektor rahbarlari va boshqa mutasaddilar hamda mahalla ahli ishtirokida mazkur jinoyat muhokama qilingan.
Avvalroq, Jizzax viloyati Forish tumanida mast cho‘pon ikki nafar sherigini pichoqlab o‘ldirgandi.
Mavzuga oid

21:41 / 01.07.2025
Britaniyada qotil-hamshira ishi bo‘yicha yana uch kishi hibsga olindi

15:42 / 27.06.2025
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi

21:27 / 14.06.2025
AQShda demokrat siyosatchilarga hujum uyushtirildi, ulardan biri vafot etdi

23:40 / 10.06.2025