Buxoroda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Kogon shahri hududida temiryo‘l ko‘prigi ustida 2 ta Nexia, 2 ta Cobalt va KIA avtomobillari to‘qnashib ketgan.

YTH bo‘yicha Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, to‘qnashuv 15 noyabr kuni soat 19:30larda Buxoro viloyati Kogon shahri hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 209-kilometrida, temiryo‘l ko‘prigi ustida sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, faqatgina transport vositalariga shikast yetgan. Hozirda hodisa yuzasidan Kogon shahar IIB JXX YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Toshkent shahrida to‘rt avtomobil: Equinox, Mercedes-Benz, Lada Vesta va Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.
Mavzuga oid

12:03 / 19.04.2025
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi

21:44 / 17.04.2025
Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?

08:20 / 17.04.2025
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

18:20 / 11.04.2025