Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bor sayyohlar uchun dunyodagi eng qulay shaharlar aniqlandi
Dunyodagi eng inklyuziv shahar Niderlandiyadagi Amsterdam ekani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Getty Images
CEO Valuable 500 kompaniyasi tomonidan Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Xitoy va Yaponiyada nogironligi bo‘lgan 5 ming shaxs o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot yakuniga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan sayyohlar ehtiyoji uchun eng qulay 10 ta shahar aniqlandi.
Bunda qulay transport aloqalari, zarur belgilar mavjudligi, yashash joylarining turistik obektlarga yaqin joylashishi, shuningdek, nogironlarga e’tiborli bo‘lish kabi mezonlar inobatga olindi.
Nogironligi bor sayyohlar uchun eng qulay 10 ta shahar:
- Amsterdam (Niderlandiya)
- Las-Vegas (AQSh)
- Nyu-York (AQSh)
- Orlando (AQSh)
- Parij (Fransiya)
- Shanxay (Xitoy)
- London (Buyuk Britaniya)
- Singapur
- Sidney (Avstraliya)
- Tokio (Yaponiya)
Shu bilan birga, reyting tuzuvchilari turizm uchun mas’ul idoralarning nogiron sayohatchilar uchun shaharlardan foydalanish imkoniyatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni davom ettirishga chaqirdi.
Hisobotda aytilishicha, «nogironligi bo‘lgan odamlarning foydalanish imkoniyatini ta’minlash mexanizmlari sayohat va sayyohlik sanoati uchun chegaralangan bo‘lib qolmoqda, shuning uchun biz ushbu tadqiqotda nogironlar uchun sayohatning barcha jihatlarini o‘rganamiz», deyiladi hisobotda.
Mavzuga oid

22:45 / 25.07.2025
O‘zbekiston pasporti dunyo reytingida 74-o‘rinni egalladi

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

18:54 / 23.07.2025
BAA o‘zbekistonlik sayyohlar uchun haydovchilik qoidalarini soddalashtirdi

12:27 / 21.07.2025