Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Rasmiy murojaat kelib tushmagan" – Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari Turkmanistonning tashkilotga to‘laqonli a’zoligi haqida
Kun.uz’ning Turkiy davlatlar kengashi va uning Samarqand sammitiga bag‘ishlab o‘tkazgan davra suhbatida tashkilot Bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azimov Turkmaniston shu paytga qadar tashkilotga to‘laqonli a’zolik bo‘yicha murojaat yubormaganini ma’lum qildi.

"Turkmaniston – turkiy dunyoning ajralmas qismi. U Markaziy Osiyoda ham muhim o‘ringa ega bo‘lgan davlat. Bu davlatni ham tashkilotning to‘laqonli a’zosi sifatida ko‘rishni istaymiz. Tashkilot bosh kotibi (Bog‘dod Amreyev – tahr.) ham Turkmaniston rahbariga o‘zining fikrlarini bildirib o‘tgan.

Istanbul sammitida Turkmaniston kuzatuvchi davlat maqomiga ega bo‘ldi. Yaqin kunlarda to‘laqonli kuzatuvchi sifatida ko‘rishga umid qilib qolamiz. Lekin haligacha Turkmaniston tomondan rasmiy murojaat kelib tushgani yo‘q. Bu tashkilotga nisbatan ularda qiziqish yuqori", – dedi Bosh kotib o‘rinbosari jurnalistning shu mavzudagi savoliga javoban.
Intervyuni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid

21:20 / 25.07.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini sportkarda sinovdan o‘tkazdi

08:57 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston dori vositalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etadi

07:18 / 08.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etadi

15:02 / 30.06.2025