Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
O‘lja qilingan tankdagi ukrain askarlari va Kiyevdagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari
Qrim ko‘prigidagi portlashdan keyin Rossiya muntazam ravishda Kiyevni o‘qqa tuta boshladi - bunaqasi urushning ilk kunlaridan buyon kuzatilmagandi. Shaharning ko‘rinishi hozir qanday?
Ukraina va Rossiya kuchlari parallel ravishda hujumlarni davom ettirmoqda: Ukraina armiyasi — Xarkiv va Luhansk oblastlari chegarasida, vagnerchilar — Donetsk oblastidagi Baxmutga yurish qilmoqda. 16 oktyabr kuni Belgorod oblasti ma’muriyati bir kun oldin harbiy poligonda ommaviy qotillik ro‘y bergani haqida xabar berdi. RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, 11 kishi halok bo‘lib, 15 kishi yaralangan. Ammo SOTA nashri guvohlarga tayanib 22 qurbon va 16 yarador haqida xabar bergan. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish institutiga ko‘ra, Rossiya ukrainlarni bosib olingan hududlardan chiqarib, bu yerlarga RF fuqarolarini joylashtirish orqali etnik tozalash o‘tkazmoqda.
Quyida 16 oktyabr, urushning 235-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donetsk ma’muriyati binosidagi vayrongarchiliklar
16 oktyabr tongida Donetskdagi rossiyaparast rasmiylar shahar ma’muriyati sifatida foydalanadigan bino o‘qqa tutildi. RIA Novosti «DXR» vakolatxonasiga tayanib xabar berishicha, hujum ukraina qo‘shinlari tomonidan amalga oshirilgan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETADonetskdagi ma’muriyat binosiga raketa kelib tushishidan keyin yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirish jarayoni. «DXR» rasmiylariga ko‘ra, binoga HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimi raketasi kelib urilgan, portlash bino derazalarini to‘kib tashlagan, uchta mashina yonib ketgan, ikki kishi jarohatlangan. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi bu vaziyatga izoh bermadi.
Leon Klein / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida PressShahar ma’muriyati binosidagi zallardan birida hujum oqibatlari
Yegor Aleyev / TASS
Ozod etilgan Kupyanskda Ukraina bayrog‘i ranglaridagi graffitilar
Xarkiv oblastining Kupyansk shahrida o‘q va raketa parchalari izlari qolgan devorga surat chizayotgan ukrainalik. Ushbu shahar fevral oyidayoq Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingandi. 10 sentabr kuni Kupyansk uzra yana Ukraina bayrog‘i ko‘tarildi.
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETAKupyanskdagi uylardan biri devoriga Ukraina bayrog‘i ranglarida graffiti chizayotgan ko‘cha rassomlari.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETAUkraina qurolli kuchlari askari va ko‘cha rassomi shahar nomini ukrain tilida qayta yozmoqda. Rossiyaliklar Kupyansk istilosi chog‘ida nomni ruschada yozib qo‘yishgandi.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
O‘lja qilingan tankdagi ukrain askarlari
Kupyansk yaqinida rossiyaliklardan o‘lja qilib olingan tankda ketayotgan ukrain harbiylari
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETAUkrain harbiylari rossiyaliklar tankidan quvvatlash uchun akkumulyatorni chiqarib olishmoqda
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETAUkraina harbiylari o‘lja qilib olingan rus tankini payqab qolmasliklari uchun shox-shabbalar bilan bekitmoqda.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevda bir hafta oldingi raketa zarbalari oqibatlari
Taras Shevchenko universiteti qoshidagi Maksimovich ilmiy kutubxonasi zali. 10 oktyabr kuni Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Ukrainaning boshqa ko‘plab shaharlariga hujum qilgandi. Poytaxtdagi universitet binosi ham o‘qqa tutildi. Ilmiy kutubxona zali ayniqsa jiddiy zarbaga uchragan: zal portlash nuqtasiga juda yaqin joyda, bino burchagida joylashgan.
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida PressTaras Shevchenko parkiga raketa tushganidan keyin hosil bo‘lgan o‘rada o‘ynayotgan bolalar. 10 oktyabr kuni shahar markazdagi suv ta’minoti tarmog‘i, 101 Tower biznes markazi binosi va «Klichko ko‘prigi» deb ham nomlanuvchi piyodalar va velosiped ko‘prigi shikastlangandi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida PressKiyevda zarbalar oqibatida shikastlangan trotuar va graffiti
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida PressKiyevliklar havo trevogasi vaqtida yana metroga tushib bekinmoqda.
Ivan Lyubysh-Kirdey / Reuters / Scanpix / LETA