8 oyda 49 mingdan ortiq qizlar 20 yoshgacha nikohdan o‘tgan
8 oyda 49,2 ming nafar qizlar 20 yoshgacha nikohdan o‘tgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-avgust oylarida yosh toifasida nikoh qurganlar sonida 20 yoshgacha bo‘lgan ayollar – 49 272 nafarni, erkaklar – 1 753 nafarni tashkil qildi.
Bundan tashqari, 20-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ayollar – 98 619 nafarga, erkaklar – 134 500 nafarga teng bo‘ldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan yosh guruhlarida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- 31-40 yoshgacha, ayollar – 13 740 nafar, erkaklar – 19 611 nafar;
- 41-50 yoshgacha, ayollar – 2 923 nafar, erkaklar – 5 740 nafar;
- 51 yosh va undan kattalar, ayollar – 922 nafar, erkaklar – 3 872 nafar.
Mavzuga oid

11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi

23:08 / 10.04.2025
Xitoyda oila qurish qoidalari soddalashtirildi

17:59 / 09.04.2025
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga ko‘ra nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi

12:07 / 26.11.2024