Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an va Putin Samarqandda oziq-ovqat bo‘yicha kelishuvni muhokama qilishi mumkin
Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Erdo‘g‘an va Vladimir Putin 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti doirasida oziq-ovqat bo‘yicha kelishuvni muhokama qilishlari mumkin.

Foto: RIA Novosti
Bu haqda diplomatik manbaga tayanib, RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Avvalroq, chorshanba kuni Putin G‘arb Ukraina g‘allasining ko‘p qismini Afrikadagi muhtoj mamlakatlarga emas, balki o‘z davlatlariga eksport qilayotgani sababli dunyo misli ko‘rilmagan gumanitar falokatni boshdan kechirishi mumkinligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya prezidenti bilan ushbu yo‘nalishdagi cheklovlarni muhokama qilish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.
«Ha, bu mavzu muhokama qilinadi», dedi diplomatik manba ikki davlat rahbarlarining Samarqandda kutilayotgan uchrashuvi kun tartibida oziq-ovqat bo‘yicha kelishuv bor-yo‘qligi haqidagi savolga javoban.
22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina donini eksport qilishda Rossiyaning yordami bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi.
Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina doni, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan olib chiqib ketishni nazarda tutadi.
Mavzuga oid

12:55 / 18.07.2025
Putin Rossiyada xorijiy dasturiy ta’minotni qisqartirish yo‘lini topishni buyurdi

11:05 / 16.07.2025
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

15:27 / 15.07.2025
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi

12:35 / 15.07.2025