Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Iphone sotib olish uchun qalbaki dollar bergan shaxs ushlandi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida telefon sotib olish uchun qalbaki dollar bergan shaxs qo‘lga olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Yu.Yu. (muqaddam o‘g‘irlik jinoyati uchun sudlangan) qalbaki valutalarni o‘tkazish maqsadida S. ishonchiga kirib, unga tegishli 2 dona Iphone telefonini 2550 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, evaziga unga 51 dona 50 AQSh dollarlik qalbaki kupyurani bergani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

10:02 / 26.07.2025
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi

11:02 / 19.07.2025
Shayxontohur tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

15:27 / 11.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi

20:35 / 10.07.2025