Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston sobiq prezidenti mamlakatni tark etishining asosiy sababini aytdi
Afg‘oniston sobiq prezidenti Ashraf G‘ani toliblar mamlakat poytaxtiga kelgan kuni Kobuldan qochib ketganiga oydinlik kiritdi. Avvalroq u Afg‘onistonning asosiy qonuniga ko‘ra, hamon mamlakat prezidenti ekanligini aytgandi.

Foto: CNN
Ashraf G‘ani CNN telekanaliga bergan intervyusida bir yil avval Afg‘onistondan «Tolibon» mamlakat prezidentini tahqirlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qochib ketganini aytdi. Xususan, bu chora G‘ani yangi hukumatni qonuniylashtiradigan hujjatni imzolashga majburlanmaslik uchun qabul qilingan.
«Ketishimga sabab, men toliblar va ularning tarafdorlariga Afg‘oniston prezidentini yana bir bor kamsitish va uni hukumatning qonuniyligi to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekishga majbur qilish zavqini bermoqchi emasdim. Men hech qachon qo‘rqmaganman», dedi G‘ani.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, dastlab u mamlakatni tark etish niyatida bo‘lmagan. Shuningdek, sobiq prezident katta miqdordagi pul bilan qochib ketgani, yonida pasporti bo‘lmagani haqidagi ma’lumotni ham rad etdi.
Ashraf G‘ani avvalroq OAVga bergan intervyularida Afg‘onistonning asosiy qonuniga ko‘ra, u hamon mamlakat prezidenti ekanligini ta’kidlagan edi.
2021 yil avgust oyi boshida toliblar Afg‘oniston hukumat kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirdi, 15 avgust kuni Kobulga kirdi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi.
Mavzuga oid

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir-yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

12:15 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

16:42 / 14.07.2025