Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda avtobus va mikroavtobuslar parki 60 foizga eskirgani ma’lum bo‘ldi
“Hududlarda yo‘lovchi tashish tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
Respublika hududlaridagi jamoat transporti tizimi xatlovdan o‘tkazilgani hamda hududlarni to‘liq jamoat transporti bilan qamrab olish uchun 4 969 ta avtobus va 3 400 ta mikroavtobus yetishmasligi hamda mavjud avtobus va mikroavtobuslar parki 60 foizga eskirgani ma’lum qilindi.
Quyidagilar respublikada jamoat transportida yo‘lovchi tashish tizimini rivojlantirish asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- aholi talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda hududlardagi transport tarmoqlari viloyat, shahar, tuman hamda mahallalar bilan bog‘liqligini ta’minlash;
- hududlar jamoat transporti bilan umumiy qamrab olingani doirasida avtobuslar bilan qamrab olish ulushini oshirish;
- aholi uchun transport xizmatlari sifati, ommabopligi, qulayligi va tezkorligini oshirish hamda shaharlarda barqaror yo‘lovchi tashish transport tizimini yaratish;
- hududlar o‘rtasida barcha transport turlarida muntazam qatnovlarni maqbul narxlarda tashkil etish orqali jamoat transporti jozibadorligi va aholi mobilligini oshirish;
- yo‘lovchi transporti infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va tashishlar xavfsizligini ta’minlash;
- ilg‘or axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali intellektual transport tizimini yaratish;
- jamoat transporti harakat tarkibini bosqichma-bosqich zamonaviy transport turlari bilan yangilash maqsadida tashuvchilar uchun qulay mexanizmlar joriy etish.
Mavzuga oid

15:32 / 20.07.2025
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

15:04 / 29.06.2025
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

15:06 / 27.06.2025