Bektemir Meliqo‘ziyev yana muddatidan avval g‘alaba qozondi
Bosniyalik bokschiga qarshi jangning 3-raundida referi texnik nokaut qayd etdi.

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiquvchi o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (10-1, 8 KO) Toshkent vaqti bilan 7 avgust tongida AQShda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Texas shtatida bo‘lib o‘tgan jangda o‘zbekistonlik bokschiga bosniyalik Sladan Yanyanin (32-12, 24 KO) raqiblik qildi. O‘n raundga mo‘ljallangan jangning dastlabki raundida Bektemir Meliqo‘ziyev tana qismiga berilgan kuchli zarbasi bilan raqibini nokdaun holatiga tushirdi.
Keyingi raundlarda ham Meliqo‘ziyev to‘la ustunlik ko‘rsatib, ketma-ket zarbalari bilan raqibni passiv himoyalanishga majbur qildi.
Uchinchi raund oxirida esa referi Bektemirning ketma-ket zarbalaridan keyin jangni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.
Shu tariqa Meliqo‘ziyev professional boksdagi 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi

09:20 / 13.04.2025