O‘zbekistonga «inomarka»lar importi ikki baravarga oshdi
Yengil avtomobillar importi 7 mingtaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Pixabay
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 396 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 308 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7 mingtaga yoki qariyb 2 baravarga oshgan.
Qo‘mitaga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 24 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.
6 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 7265 ta;
- Koreya – 4510 ta;
- Qozog‘iston – 2896 ta;
- Rossiya – 1192 ta;
- AQSh – 180 ta;
- BAA – 84 ta;
- Yaponiya – 65 ta;
- Germaniya – 48 ta.
Mavzuga oid

15:52 / 11.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi

22:40 / 08.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv

08:43 / 03.04.2025
2 oyda xorijdan qancha yengil avtomobil import qilingani aytildi

15:09 / 11.03.2025