Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hukumatning 422 ta qarori bekor qilindi

Foto: Shutterstock
“Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni “tartibga soluvchi gilotina” usuli orqali tizimlashtirish natijasida hukumatning 422 ta qarori o‘z kuchini yo‘qotdi.
O‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlarning 90 foizi (331 ta)ni yaxlit qarorlar, 10 foizi (91 ta)ni esa hujjatlarning ayrim bandlari tashkil qiladi.
Mazkur hujjatlarning bekor qilinishiga quyidagilar asos bo‘lgan:
- keyinroq qabul qilingan hujjatlar bilan bir xil normalar mavjudligi;
- normalar keyinroq qabul qilingan hujjatlar normalariga zid kelib qolgani;
- qarorlar qabul qilinishiga asos bo‘lgan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlar bekor qilingani natijasida o‘z dolzarbligini yo‘qotgani;
- qarorlar bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan boshqa qarorlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgani;
- qarorlarda belgilangan bir martalik, vaqtinchalik bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar ijrosi ta’minlangani.
Hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid

07:28
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi

15:35 / 17.07.2025
Toshkentda UzFace fuqarolarni aniqlash tizimi sinov tariqasida joriy etilishi mumkin

11:25 / 16.07.2025
Fuqarolarga ikkinchi oliy ta’lim olish uchun onlayn ariza yuborish tartibi joriy qilinadi

07:34 / 12.07.2025