Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Mirziyoyev, To‘qayev va Japarov Issiqko‘lda
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 20 iyul kuni Cho‘lponota shahriga bordi.
Aeroportda O‘zbekiston rahbarini Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi - prezident administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 21 iyul kuni Cho‘lponotada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Sammitda savdo, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqada barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Ayni vaqtda Qirg‘izistonga Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham yetib borgan. Beshlikning yana ikki vakili - Tojikiston rahbari Imomali Rahmon hamda Turkmaniston yetakchisi Serdar Berdimuhamedovning tashrifi ertaga kutilmoqda.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati uch davlat rahbarlari ishtirokidagi suratlarni taqdim etdi. Prezidentlar o‘tovda suhbat qurishgan hamda Issiqko‘l bo‘ylab Oq kemada sayr qilishgan.
Mavzuga oid

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

21:03 / 18.07.2025
Qirg‘izistonda Tojikiston va O‘zbekiston bilan tutash chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

19:04 / 18.07.2025