AQSh O‘zbekistonning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan xavotir bildirib, barcha taraflarni zo‘ravonlikdan tiyilish va ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirmoqda. Bayonotda voqealarni “to‘liq, ishonchli va oshkora tergov qilish” zarurligi ta’kidlangan.
AQSh Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan so‘nggi voqealar yuzasidan xavotir bildirdi va qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik izhor qildi.
"AQSh O‘zbekistonda demokratik islohotlar amalga oshirishilishi tarafdori va davlatning bu boradagi harakatlarini quvvatlaymiz. Hukumatni fundamental huquqlarni, jumladan tinch yig‘ilish va fikr bildirish erkinligini himoya va hurmat qilishga undaymiz. Bular O‘zbekistonning xalqaro maydonda o‘z zimmasiga olgan majburiyatlari.
Qoraqalpog‘istondagi huquqbuzarliklar, qonunbuzarliklar va zo‘ravonliklar to‘liq, ishonchli va shaffof tarzda taftish qilinishi kerak. Tekshiruv va tergov xalqaro normalar asosida olib borilsin.
Qo‘shma Shtatlar azaldan O‘zbekiston suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlab keladi va shu pozitsiyada qat’iy", deyiladi AQSh Davlat departamenti bayonotida.
Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays AQSh tomoni yaqinlarini yo‘qotgan oilalarga ta’ziya bildirishi va jarohatlanganlarga hamdardligini bildirgan.
Mavzuga oid

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

11:33 / 19.04.2025
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

08:35 / 19.04.2025