«Bu sinovni og‘ir-bosiqlik, ahillik bilan ortda qoldirish kerak» - Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati
3 iyul kuni Nukus shahrida Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, Vazirlar Kengashi rahbarlari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvdan keyin prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus tumanidagi «Samanbay» ovul fuqarolar yig‘iniga borib, yoshullilar, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan tashvishli voqealarni butun xalq chuqur dard va iztirob bilan qabul qilgani, bu sinovni og‘ir-bosiqlik, ahillik bilan ortda qoldirish kerakligini ta’kidlagan.
Odamlar buni tasdiqlab, Qoraqalpog‘istonning donishmand eli bundan buyon ham o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining birligiga, og‘izbirchiligiga asoslangan muqaddas qadriyatlarni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab yashashiga ishonch bildirgan.
Mavzuga oid

17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi

00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi

20:19 / 24.12.2024