Umumiy ovqatlanish va chakana savdo korxonalari uchun belgilangan qoidalar soddalashtiriladi

Foto: Carte.by
Prezidentning “Tadbirkorlik sub’yektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Adliya vazirligi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2022 yil 1 iyulga qadar umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
umumiy ovqatlanish va chakana savdo korxonalari uchun belgilangan va zamon talablariga mos kelmaydigan xizmat ko‘rsatish qoidalarini, shuningdek, sanitariya norma va qoidalarini soddalashtirish;
umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga davlat organlari aralashuvini qisqartirish, yashirin iqtisodiyot va norasmiy bandlikni qisqartirishni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish.
2022 yil 1 iyuldan boshlab sug‘urta tashkilotlari tomonidan budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan shakllantirilgan resurslar hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kredit bo‘yicha sug‘urta shartnomalar bo‘yicha vositachilikni taqdirlash to‘lovlarini to‘lash taqiqlanadi.
Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birgalikda kredit va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida kelishuv tuzish, shartlarini, shu jumladan kredit tashkilotlari tomonidan tan olinadigan sug‘urta tashkilotlarini tanlab olish tartibini tasdiqlaydi.
Mavzuga oid

11:15 / 16.03.2025
O‘zbekistonda qaysi davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum qilindi

14:41 / 28.02.2025
O‘zbekistonda korxonalar soni keskin kamaymoqda

09:04 / 26.02.2025
Salkam 350 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

10:04 / 21.02.2025