Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan ayollar aeroportda qo‘lga olindi
33 hamda 34 yoshli ayollar ikki nafar qizni o‘zlari aviachipta olib berib Turkiyaga jo‘natayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 4 aprel kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB T va EQKB tomonidan Samarqand shahri Sattepo maskanida yashovchi 2 nafar qiz kelgusida shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun Turkiya davlatiga olib ketilishi bilan bog‘liq holat yuzasidan tezkor ma’lumot olingan.
Mazkur ma’lumot asosida Samarqand xalqaro aeroporti hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda 33 hamda 34 yoshli ayollar ikki nafar qizni o‘zlari aviachipta olib berib Turkiyaga jo‘natayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, har ikkala qizni Turkiyada 38 yoshli samarqandlik ayol kutib olishi lozim bo‘lgan. U va jo‘natayotganlar o‘rtasida og‘zaki shartnoma ham kelishilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:16 / 21.07.2025
Indoneziya politsiyasi chaqaloq savdogarlari tarmog‘ini fosh qildi

11:33 / 21.07.2025
O‘zbekiston va Bahrayn odam savdosi oldini olish yo‘nalishida hamkorlik qiladi

10:11 / 06.07.2025
Toshkentda o‘ziga tanish ayolni Rossiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan shaxs to‘xtatildi

09:24 / 18.06.2025