Toshkent shahridagi masjidlarda tarovih namozlarining kunlik taqsimoti belgilandi (ro‘yxat)
O‘zbekiston musulmonlari idorasi «Qur’on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi tomonidan 1443/2022 yil Ramazon oyida Toshkent shahri masjidlarida tarovih namozlarida o‘qiladigan xatmi Qur’onning kunlik taqsimoti belgilandi.
Idora matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, xatmi Qur’on ro‘zaning birinchi kunidan boshlanib, 27 sana – Qadr kechasida yakunlanishi mo‘ljallanmoqda.
Quyidagi jadvalda Qur’on oyatlarining kunlik o‘qiladigan tartibi bilan tanishishingiz mumkin:
Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon oyini kutib olish va Islom dini tartib-qoidalari asosida oyni kuzatish bo‘yicha ishchi guruh tuzilganini xabar bergan edi.
Ishchi guruh xulosalari asosida Ramazon oyining boshlanish sanasi Ulamolar kengashi tomonidan e’lon qilinadi.
Shuningdek, Qozog‘iston va Tojikiston musulmonlari idorasi tomonidan 2022 yildagi Ramazon oyi 2 apreldan boshlanishi e’lon qilingan edi. Qozog‘iston tarafi bu qaror O‘zbekiston va Qirg‘iziston musulmonlari idorasi bilan kelishuv asosida qabul qilinganini bildirgan.
Mavzuga oid

17:44 / 25.03.2025
Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda joriy Ramazon oyi 29 kunda yakunlanishi kutilyapti. 30 mart Hayit bo‘lishi mumkin

10:32 / 01.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi

22:08 / 28.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

21:45 / 28.02.2025