Buxoro viloyat sudi raisi o‘rinbosari qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan olindi
U jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi vazifasida ishlagan.
Prezidentning tegishli farmoyishi bilan odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani uchun Buxoro viloyati sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Ro‘ziyev Suxandiyor Gadoyevich lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan avval tugatilgan.
Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. Shuningdek, ushbu ma’lumotni Sudyalar Oliy kengashi matbuot xizmati rahbari Tursunali Akbarov tasdiqladi.
Farmoyishga muvofiq ushbu lavozimga sudyalik vakolati muddati davrining 5 yil muddatiga Allayev Abdullo Sadulloyevich tayinlangan. U bunga qadar Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid

11:55 / 21.04.2025
Toshkentda sudya mast holatda mashina olib qochgani aytilmoqda

13:10 / 19.04.2025
Sudyalik lavozimida ishlaydigan ayollar ulushi oshiriladi

11:35 / 19.04.2025
Sudlar faoliyatini moliyalashtirish to‘g‘risida qonun ishlab chiqildi

08:54 / 17.04.2025