Samarqandda gaz ta’minoti korxonasi binosida portlash sodir bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti korxonasi binosida portlash sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilishicha, joriy yil 18 mart kuni soat 15:00larda “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi elektron gaz hisoblagich muhandisining xizmat xonasida portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining 2 nafar xodimi hamda 2 nafar murojaat bilan kelgan fuqaro tan jarohati olgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, muhandisning xizmat xonasida o‘rnatilgan va ishlab turgan “ARTEL” rusumli konditsioner chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘lgani aniqlangan. Voqea joyidan nosoz holatda kelgan bir dona “ARTEL” rusumli konditsioner ashyoviy dalil sifatida olingan.
Baxsiz hodisa tufayli tan jarohati olgan fuqarolar zudlik bilan shifoxonaga yotqizilib, zaruriy muolajalar qilingan. Ayni damda bemorlarning ahvoli yaxshi.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda ushbu holat bo‘yicha Toyloq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Mazkur holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda asoslantirilmagan xabarlar tarqalmoqda. Fuqarolardan aniq va ishonchli manbalardan axborot olishlarini so‘raymiz», deyiladi munosabatda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

22:12 / 31.03.2025
Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

20:57 / 31.03.2025
Andijondagi masjidda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi

18:12 / 31.03.2025