Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Foto: IIB axborot xizmati
Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, olingan tezkor ma’lumotlar asosida IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi, Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Guliston shahar hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbirda, fuqaro D.M.ga N.R. hamda I.B. “V” toifasidagi haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 100 AQSh dollari miqdordagi pullarni talab qilib olgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan N.R. hamda I.B.larga nisbatan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 25-moddasi hamda 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Sirdaryoda fuqaroga 15 kun muddatda “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlangandi.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev avtomaktablar bo‘yicha bosh prokuror va vazirlarga topshiriqlar bergandi.
2022 yil 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida prezident yo‘l harakati qoidalari buzilishi va avariya holatlari keskin oshayotganiga e’tibor qaratdi. Prezident haydovchilik guvohnomasi olishda poraxo‘rlik odatiy holga aylanganini tanqid qilgandi.
Mavzuga oid

18:54 / 23.07.2025
BAA o‘zbekistonlik sayyohlar uchun haydovchilik qoidalarini soddalashtirdi

10:11 / 17.07.2025
Haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga pul talab qilgan inspektor ushlandi

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

15:15 / 10.06.2025