Uzbekistan Airways’ning Rossiyaga parvoz qilgan ayrim samolyotlari ortga qaytmoqda

Foto: Kun.uz
Rossiyaning Rostov oblastidagi havo kengligi yo‘lovchi samolyotlarning qatnovlari uchun yopildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabarida aytilgan.
Shu munosabat bilan, 2022 yil 24 fevral kuni Namangan – Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha HY-9825 reysi Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytmoqda.
Bekor qilingan parvoz yo‘lovchilari aviachiptani bepul bronlash yoki to‘liq qiymatini qaytarib olish huquqiga ega ekani aytiladi.
Uzbekistan Airways AJ yo‘lovchilarni jadvaldagi har qanday o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qilishi bildirilgan.
Mavzuga oid

08:57
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsga olindi

07:48
Rossiyada yirik artilleriya ombori portladi

01:32
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT

21:47 / 22.04.2025