Buxoroda ham 12 nafar “tillachi” qo‘lga olindi
Shofirkon tumanida Navoiy viloyati hududidan tarkibida oltin zarralari bo‘lgan qumlarni tashib kelib, noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ushlandi. Ular o‘z uylarida tosh tegirmoni va qum yuvish uskunasini o‘rnatib, qo‘lbola usulda tilla olish bilan shug‘ullanishgan.

Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati
Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 23 fevral kuni viloyat IIB hamda Shofirkon tumani IIB xodimlari tomonidan Denov, Pattaxon, Navbahor va Qayrag‘och mahallalarida tarkibida oltin zarralari bo‘lgan qumni yuvib olish bilan shug‘ullanib kelayotgan 20 nafardan ortiq fuqaroning uyida tintuv tergov harakatlari o‘tkazilgan. Tezkor tadbirda 12 nafar fuqaro ushbu faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan va ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

“Tillachilar”dan qum zarralarini yuvishga mo‘ljallangan turli uskunalar, 7 ta elektr dvigatel, 7 ta qum tegirmoni, 12 ta tosh maydalagich, tilladan qo‘lbola tarzda yasalgan 4 dona uzuk, 1 dona zirak va 2 dona ayollar zanjiri, 10,7 mln so‘m pullar xolislar ishtirokida olib qo‘yilgan. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ashyoviy dalillar Shofirkon tumani “Kometa” MChJga topshirilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Shofirkon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Navoiy viloyatida Konimex tumanidagi Lolazor nomli tashlandiq konda ham tezkor tadbir o‘tkazilgan va noqonuniy oltin qazib olayotgan 54 kishi ushlangandi.
Mavzuga oid

17:58 / 03.06.2025
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi

20:22 / 29.05.2025
Buxoro uchun Xitoydan 27 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

19:05 / 12.05.2025