Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda o‘ziga tegishli yerni 38 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
U o‘zi rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligiga ijara asosida berilgan 15 gektar yaylov yer maydonini 38 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda “X.A.” fermer xo‘jaligi rahbari Z.T. xo‘jalikka ijara shartnomasiga asosan Xovos tumani hududidan uzoq muddatga ajratilgan 15 gektar yaylov yer maydonini fuqaro O‘.ga firibgarlik yo‘li bilan 38 000 dollarga sotishga kelishib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

10:42
Gulistondagi musiqali drama teatrida yong‘in sodir bo‘ldi

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

15:15 / 10.06.2025
Kuvayt Sirdaryoda tibbiyot yo‘nalishida loyihani amalga oshiradi

08:13 / 27.05.2025