Namanganda PPX mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: Videodan kadr
Tungi navbatchilik paytida xizmat olib borayotgan PPX xodimi boshqaruvidagi avtomobil hamda «Vaz-2107» o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Namangan viloyati IIB axborot xizmatining qayd etishicha, hodisa 17 fevral kuni soat 02:00larda, Namangan shahri, A.Navoiy ko‘chasida haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan D.M. boshqaruvidagi «Vaz-2107» rusumli hamda haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan R.M. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.
Mazkur YTH yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi

20:16 / 18.05.2025
Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi

21:56 / 15.05.2025
Namanganda gaz zapravkada «Jiguli» yonib ketdi

18:39 / 14.05.2025