Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulistonda «Moskvich-Kombi» mashinasi yonib ketdi
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Foto: Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, 2022 yil 15 fevral kuni soat 09:56 larda Guliston tumani "Ishonch" MFY hududidagi ochiq dala maydonida «Moskvich-Kombi» mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Oqibatda, Guliston shahrida yashovchi fuqaro V.Bayramov boshqaruvida bo‘lgan «Moskvich-Kombi» mashinasining motor va salon qismi yonib ketgan.

Hodisa joyiga Guliston shahar FVBdan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:06 da yetib borgan. Soat 10:11 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Faqat mashina yaroqsiz holga kelgan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

20:58 / 09.07.2025
Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

08:38 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?

11:33 / 17.04.2024