Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda savdo kompleksi rahbaridan 1,6 ming dollar olmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
Ikki nafar fuqaro Paxtachi tumanidagi savdo kompleksi rahbari ustidan hokimiyatga yozma murojaat qilishgan. So‘ng arizani qaytarib olish uchun savdo kompleksi rahbaridan pul talab qilishgan.

Foto: TASS
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Paxtachi tumani savdo kompleksida tovlamachilik faoliyati fosh etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Paxtachi tumanidagi “Sanobar savdo kompleksi 2020” MChJda savdo qiluvchi A.K. va Q.B. bozor hududida savdo qilish uchun sharoit yaratib berilmayotgani hamda patta tarqatilmayotgani yuzasidan MChJ rahbari ustidan hokimiyat idoralariga yozma murojaat qilgan.
Keyinchalik ushbu fuqarolar savdo kompleksi rahbariga bosim o‘tkazib, arizani qaytarib olish evaziga pul talab qilishgan.
2022 yil 14 fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda bozor rahbaridan fuqaro A.K. 1500 dollar va fuqaro Q.B. 100 dollar miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olayotganida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan K.A. va Q.B.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

11:44
Samarqandda maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

15:32 / 30.07.2025