Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Samarqand shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlangan. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Xurshid Nurullayev
Samarqand shahar hokimining 2022 yil 14 fevraldagi tegishli qaroriga asosan, Nurullayev Xurshid Toirovich Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Mazkur tayinlovgacha, Xurshid Nurullayev Samarqand shahar “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avvalroq viloyat hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlangandi. Viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Rustam Qobilov, viloyat hokimi o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Isroil Jabborov tayinlangandi.
Mavzuga oid

13:24 / 28.11.2024
“Samarqandni odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, hozir mashina-shaharga aylangan” - Turdimov

21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin

11:25 / 29.09.2024
Samarqandda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:14 / 24.09.2024