Xalq ta’limi vaziri uzr so‘rashga majburlangan marhamatlik o‘qituvchilar bilan uchrashdi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi
Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Marhamat tumanida ota-onalar oldida uzr so‘rashga majbur qilingan o‘qituvchilar bilan uchrashish maqsadida Andijon viloyatiga borgan. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, vazir o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, bugun ularning obro‘si va qadr-qimmati davlatimiz siyosati darajasidagi muhim masala ekanligi va ularni obro‘sizlantirishga hech kim haqli emasligini qayd etgan hamda yuz bergan holatni ustoz sha’nini yerga urish deb baholagan.

Uchrashuv so‘ngida o‘qituvchilarning fikrlarini tinglagan vazir ular bilan maslahatlashgan holda mazkur holatga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga albatta chora ko‘rilishini alohida qayd etgan.
Marhamatda nima bo‘lgandi?
Kun.uz saytiga kelgan murojaatga ko‘ra, 4 fevral kuni Andijon viloyati Marhamat tumani 72-IDUM o‘qituvchilari o‘quvchilarning oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi pastligi uchun ota-onalar qarshisida kechirim so‘rashga majbur qilingan.
Manba so‘zlariga ko‘ra, direktor boshchiligida sahnaga chiqarib qo‘yilgan o‘qituvchilar hokimlik vakillari topshirig‘iga binoan bosh egib, «biz aybdormiz», deb ota-onalardan kechirim so‘rashgan.
Ro‘y bergan voqea ortidan Andijondagi mas’ul shaxslar birin-ketin munosabat bildirishib, pedagoglardan uzr so‘rashdi.
Xalq ta’limi vazirligi uzrbozlik yig‘ilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish jarayonida to‘plangan materiallarni Bosh prokuraturaga yubordi.
Mavzuga oid

14:59
Toshkentda kasb kasaliga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln so‘m undirib berildi

09:01
Baxtiyor Saidov AQShda davlat kotibi va prezident maslahatchisi bilan uchrashdi

12:14 / 28.03.2025
Baxtiyor Saidov Toshkentda Kaya Kallas bilan muzokara o‘tkazdi

13:31 / 18.03.2025