Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi rahbarini ishdan olish bo‘yicha topshiriq berdi
Yig‘ilishda prezident viloyatdagi bank-moliya tizimidagi kamomadlar, jinoyatchilikka oid raqamlar o‘sib borayotganini keskin tanqid qilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilish tanqidiy ruhda boshlangan. Banklarda korrupsiya evaziga kredit berish holatlari ko‘pligi hamda qaytarilmayotgan kreditlar hajmi yuqoriligi ta’kidlangan. «Milliy bank», «Xalq banki» va «Asaka bank»dagi holatlar bo‘yicha jinoiy ish ochilishi aytilgan.
«Biz islohotlar qilyapmiz. Odamlar hayotini yaxshilash uchun qarorlar chiqarilyapti. Xalqimiz oldida, xalqaro hamjamiyat oldida ochiqlik, erkinlikni ta’minlash uchun harakatdamiz. Odamlarni rozi qilish haqida gapirib turganimda rahbarlarning o‘zini o‘ylab, nopok ishlar qilishiga yo‘l qo‘ymayman», deya prezidentning so‘zlarini keltiradi «Mikrofon ko‘targan ayol» kanali.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Otabek To‘xtayevni ishdan olish bo‘yicha topshiriq bergan. To‘xtayev bu lavozimda 2020 yilning aprelidan buyon ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, viloyatning bir necha tuman hokimlari va sektor rahbarlari mansabni suiiste’mol qilgani, faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlangani uchun ishdan olingan.
Mavzuga oid

16:26 / 05.08.2025
“Jarimani to‘lashga rozimiz, ammo akt yo‘q” – Samarqandda YHXB haydovchilarni sarson qilyapti

11:44 / 05.08.2025
Samarqandda maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:50 / 30.07.2025