Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro va Samarqandda fuqarolarni texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni aytib pul olganlar ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Buxoro va Samarqand viloyatida fuqarolarni texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni aytib, pul olganlar ushlangan. Ulardan biri texnikum o‘qituvchisi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.Q. fuqaro R.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Buxoro tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 800 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand temiryo‘l texnikumi o‘qituvchisi K.A. fuqaro Sh.ni 800 dollar evaziga ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, shundan 700 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

14:55 / 26.07.2025
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi

14:40 / 21.07.2025
Rossiya mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari ishida - pora bo‘yicha yana 2 ta epizod

12:29 / 18.07.2025
Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektori ushlandi

13:03 / 16.07.2025