Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda fuqaroning uyi yonib ketdi

Foto: FVV matbuot xizmati
Samarqand shahri Amir Kulol ko‘chasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan va 90 metr kvadrat joyda uyning shifti va tomi yonib ketgan. Bu haqda viloyat FVB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha. Bugun, 27 yanvar kuni soat 17:42 da viloyat FVBga Samarqand shahri Amir Kulol ko‘chasi 14 uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, soat 17:49 da voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘in soat 17:55 da qurshab olingan va 18:16 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida xonadonning taxminan 90 metr kvadrat maydonidagi shift va tom qismi yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

16:26 / 05.08.2025
“Jarimani to‘lashga rozimiz, ammo akt yo‘q” – Samarqandda YHXB haydovchilarni sarson qilyapti

11:44 / 05.08.2025
Samarqandda maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:50 / 30.07.2025