Uzbekistan Airways Janubiy Koreyaga kirishda o‘rnatilgan yangi qoidalar haqida ogohlantirdi

Foto: Imago Images
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani sabab Janubiy Koreya hukumati mamlakatga kirish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar uchun yangi qoidalarni joriy qildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.
Yangi talablarga ko‘ra, 20 yanvardan boshlab Koreya Respublikasiga borayotgan yo‘lovchilar (6 yoshdan boshlab) parvozdan kamida 48 soat oldin Covid-19’ga qarshi PZR usulda topshirilgan testning manfiy natijasini taqdim etishi kerak. Test natijalari ingliz va koreys tillariga tarjima qilinishi kerak.
Bundan avvalroq, Uzbekistan Airways AQShga kirishda qo‘shimcha talablar qo‘yilgani sabab fuqarolarni ogohlantirgandi. Unga ko‘ra, yo‘lovchilardan parvozdan kamida 24 soat oldin topshirilgan manfiy javobli PZR testi talab qilinadi. Shuningdek, yo‘lovchilar maxsus attestatsiya varaqasini to‘ldirishi va ro‘yxatdan o‘tish paytida uni bosma shaklda taqdim etishi shart hisoblanadi.
Mavzuga oid

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

00:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi

20:41 / 03.06.2025
“Saylovga tayyor nomzodlar yo‘q edi” – Koreyada navbatdan tashqari saylov qanday o‘tdi?

18:49 / 29.05.2025