Buxoroda mast ota o‘z farzandining qotiliga aylandi
G‘ijduvon tumanida mudhish jinoyat sodir etildi. Ota mast holatda o‘z farzandini pichoqlagan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 30 dekabr kuni tumanning Denov mahallasida yashovchi, 41 yoshli S.Z. o‘z uyida mast holatda 2004 yilda tug‘ilgan o‘g‘li U.N. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Ota jahlini jilovlay olmay, oshxona pichog‘i bilan o‘g‘liga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Buning oqibatida U.N. tuman kasalxonasida vafot etgan.
Holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.Z.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi sifatida qamoqqa olingan.
Voqea sodir bo‘lgan Denov mahallasida Buxoro viloyati IIB rahbariyati va tegishli mas’ullar ishtirokida jinoyat muhokamasi o‘tkazilgan. Muhokamada jinoyatning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan hamda kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish uchun mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilgan.
2021 yilning 27 noyabr kuni ham G‘ijduvon tumanida qotillik jinoyati sodir etilgan, unda 46 yoshli fuqaro o‘z turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirgandi.
Mavzuga oid

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

14:15 / 14.04.2025
22 yoshli qotil, uch qurbon va kichik guvoh – Popdagi qotillik tafsiloti

21:18 / 10.04.2025
Toshkentda uy-joy nizosi ikki kishining o‘limi bilan tugadi

20:52 / 15.03.2025