Navoiyda 4 nafar egizak dunyoga keldi
Navoiy shahrida 4 nafar egizak tug‘ildi. Ularga Madina, Muslima, Yunus va Yulduz ismlari qo‘yildi. Kun.uz muxbiri chaqaloqlarning otasi bilan suhbatlashdi.

Foto: Kun.uz
23 dekabr kuni Navoiy shahrida biryo‘la 4 nafar egizak: 3 qiz va 1 o‘g‘il tug‘ildi. Chaqaloqlarning ota-onasi Shomurod Farmonov va Rahima Abdurahmonova Karmana tumanining Talqoq mahallasida istiqomat qilishadi. Ular 2020 yilda turmush qurishgan.
“Skrining tekshiruv paytida chaqaloqlar 4 nafar ekani ma’lum bo‘lgandi. Ularning 2 nafari qiz va 1 nafari o‘g‘il ekanini o‘shandayoq aniq aytishgandi shifokorlar. Albatta, quvonchimning cheki yo‘q”, – deydi chaqaloqlarning otasi Shomurod Farmonov.
Ma’lum bo‘lishicha, birinchi bola 1 570 gramm, ikkinchi bola 1 460 gramm, uchinchi bola 910 gramm, to‘rtinchi bola esa 1 280 grammni tashkil etgan.
DXA Navoiy viloyati boshqarmasining tashabbusi bilan sayyor tartibda xizmat ko‘rsatilib, chaqaloqlarning yaqinlariga tug‘uruqxonaning o‘zida tug‘ilganlik guvohnomalari, bank xodimlari tomonidan suyunchi puli topshirilgan.

Ayni paytda ona ham, chaqaloqlar ham shifokorlar nazoratida.
Mavzuga oid

16:51 / 02.04.2025
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?

12:08 / 24.03.2025
Nurotada bog‘cha bolalariga yaroqsiz go‘sht berilayotgani aniqlandi

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

14:53 / 14.02.2025