Hollivudning 2021 yildagi eng kassabop filmi ma’lum qilindi

Foto: Marvel
“O‘rgimchak-odam: Uyga yo‘l yo‘q” (Spider-Man: No Way Home) filmi Hollivudning 2021 yildagi eng kassabop filmi bo‘ldi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.
Film bosh qahramoni Piter Parker rolini aktyor Tom Xolland ijro etgan, unga Jon Uots rejissyorlik qilgan. Bor-yo‘g‘i 10 kun avval katta ekranlarga chiqqan film qisqa vaqt ichida 813 mln dollar keltirdi va josus 007 Jyeyms Bond haqidagi 25-film – “007: O‘lishning mavridi emas”dan ham o‘zib ketdi. Bond sarguzashtlari haqidagi navbatdagi film o‘z ijodkorlariga 774 mln dollar keltirgan.
Ta’kidlanishicha, “O‘rgimchak-odam”ning yangi qismi AQShdan tashqaridagi namoyishdan 457 mln dollar keltirgan. Sony va Marvel kompaniyalarining ushbu filmi Xitoyda katta ekranlarga chiqarilmaganiga qaramay, pandemiya vaqtidagi eng ko‘p pul keltirgan filmga aylandi.
Dunyo bo‘yicha faqatgina ikkita film “O‘rgimchak-odam”dan ko‘proq pul yig‘gan. Bular xitoylik ijodkorlar tomonidan yaratilgan “Chanjin ko‘lidagi jang” (The Battle at Lake Changjin) va “Salom, ona” (Hi, Mom) filmlari bo‘lib, ular mos ravishda 902 mln va 882 mln dollar keltirgan. Biroq Jon Uots filmi kelayotgan dam olish kunlari bu ko‘rsatkichlarni ortda qoldirishi mumkin.
Mavzuga oid

23:36 / 10.04.2025
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi

22:45 / 25.04.2024
Nyu-York sudi Harvi Vaynshteynga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi

08:50 / 12.04.2024
Sobiq sportchi va Hollivud aktyori O Jyey Simpson vafot etdi

12:07 / 10.11.2023