Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farhod Ermanov: «Biz qurilishni loyihasiz boshlashga o‘rganganmiz, bu yomon kasallik»

Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Xorazmda o‘lkashunoslik muzeyini tashkil qilish haqidagi savolga javob berdi va loyihasiz qurilish boshlashni qoraladi.
«Xorazmda o‘lkashunoslik muzeyi tashkil qilishimiz kerak. Hozirgi vaqtda Xorazmning tarixiga oid eksponatlar Qoraqalpog‘istonda saqlanmoqda. Xivada faqat xonlik davriga oid eksponatlar bor. Ammo Xorazm tarixi juda keng va boy. Ko‘pchilik eksponatlar Nukusdagi muzeyda saqlanyapti.
Biz ham shunga o‘xshash loyihani qilishimiz kerak. Tarixiy hujjatlarimiz Urganchda, Xivada tarqoq holda yotibdi. Ularni jamlab, chiroyli muzey qilish mumkin. Hozir loyihasini ishlayapmiz. Katta muzey qilish rejasi bor.
Jaloliddin Manguberdi majmuasida konsert zali qurish loyihasi ishlanmoqda, ammo uning 2022 yil investitsiya dasturiga kiritilishi haqida gap-so‘z yo‘q. Chunki, yangi tizimga ko‘ra, loyiha ekspertizadan o‘tkazilishi kerak. Shundan keyin mablag‘ so‘rashimiz mumkin.
Biz qurilishni loyihasiz boshlab o‘rganganmiz, bu yomon kasallik. Prezident va hukumat rahbari tomonidan juda qattiq topshiriq berilgan: «Loyiha tayyormi, keyin gaplashamiz» degan gap bor», deb viloyat rahbari so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid

19:31 / 08.07.2025
Urganchda ikki o‘smir ko‘p qavatli uy tomidan qulab halok bo‘ldi

19:00 / 04.07.2025
8–10 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” bo‘lib o‘tadi

19:53 / 03.07.2025
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

09:55 / 20.06.2025