Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi “Yuqori nuqta” muntazam YPX maskanida tekshirilgan yo‘lovchi qidiruvdagi shaxs bo‘lib chiqdi

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Samarqand viloyatida joylashgan “Yuqori nuqta” muntazam YPX maskanida Samarqand–Toshkent yo‘nalishida ketayotgan mashina to‘xtatilib tekshirilganda, yo‘lovchilar orasida qidiruvdagi shaxs borligi aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, M39 Olmaota–Toshkent–Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumani hududida joylashgan “Yuqori nuqta” muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YHXB xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxs ushlangan.
YHXB xodimlari tomonidan Samarqand–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib borayotgan Yutong rusumli mashina to‘xtatilib tekshirilgan. Tekshiruv davomida yo‘lovchilar orasida bir nechta o‘g‘rilik va bosqinchilik jinoyatlarini sodir etib, huquq tartibot organlaridan yashirinib yurgan, qidiruvda bo‘lgan, Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi fuqaro X.F. borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur shaxs qo‘lga olingan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:17 / 25.07.2025
Samarqand shahrining yoshi 3 ming yil deb qayta baholanadi

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025