Messi - 7 karra «Oltin to‘p» sohibi. Levandovski «Yilning eng yaxshi hujumchisi» sovrini bilan kifoyalandi

Foto: Reuters
Parijda 2021 yil uchun «Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda «PSJ» hujumchisi Lionel Messi faoliyatida 7-bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdi.

34 yoshli futbolchi yakunlanayotgan yilda Argentina bilan Amerika Kubogida g‘olib bo‘ldi, «Barselona» safida Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi, La Ligada eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Kuchli beshlikdan «Bavariya»ning polshalik forvardi Robert Levandovski (2), «Chelsi»ning italiyalik yarimhimoyachisi Jorjino (3), «Real»ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema (4), «Chelsi»ning fransiyalik yarimhimoyachisi Ngolo Kante (5) ham o‘rin oldi.
Shuningdek, marosimda quyidagi nominatsiyalarda ham g‘oliblar aniqlandi:
Eng yaxshi ayol futbolchi — Aleksiya Putellyas («Barselona» / Ispaniya)
Lev Yashin mukofoti — Janluiji Donnarumma («PSJ» / Italiya)
Eng yaxshi hujumchi — Robert Levandovski («Bavariya» / Polsha)
Eng yaxshi yosh futbolchi — Pedri («Barselona» / Ispaniya)
Yilning eng yaxshi klubi — «Chelsi» (Angliya)
Mavzuga oid

22:15 / 03.06.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan tushgan mablag‘ni Ukrainaga berishni talab qildi

02:11 / 29.05.2025
«Chelsi» «Betis»ga qarshi o‘yinda kambek qilib, Konferensiyalar Ligasi g‘olibiga aylandi

14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

21:06 / 10.03.2025