Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda talaba is gazidan zaharlanib vafot etishi yuzasidan prokuratura rasmiy ma'lumot berdi

Foto: Getty Images
Kecha Qoraqalpog‘istonda talaba is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar bergandik. Bugun holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston prokuraturasi rasmiy ma'lumot berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 24 noyabr kuni soat 07:00 larda Nukus shahri, 22-kichik tuman 8/6-uy, 43-xonadonda ijarada yashovchi, Nukus davlat pedagogika institutining talabasi R.R. (erkak) xonadonda o‘rnatilgan isitish qozonidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan marhum R.R.ga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda holat bo‘yicha Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Tekshirish davomida aniqlanishicha, mazkur uyda shu kuni marhum R.R.dan tashqari 6 nafar kishi bo‘lib, marhum R.R. oshxonada, qolgan 6 nafari boshqa xonalarda uxlaganligi sababli ulardan hech biri is gazidan zaharlanmagan.
Qo‘shimcha qilinishicha, tekshirish harakatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ma'lumot uchun, vafot etgan talaba 2003 yil To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. U institutning fizika-matematika fakultetida tahsil olardi.
Bundan oldin Qoraqalpog‘istonda bir yilda 19 nafar odam is gazidan zaharlanib, halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

15:55 / 12.07.2025
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

07:33 / 26.04.2025
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi

12:43 / 24.04.2025