Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi, bugun yana uch bokschi ringga chiqadi
25 oktabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha JCh-2021 bahslariga start berildi.

Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
O‘zbekiston terma jamoasi sharafini -67 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ishtirokini saralashdan boshladi. U 1/32 final doirasida irlandiyalik Brendon Makkiverga qarshi ringga ko‘tarildi va hakamlar jang yakuniga ko‘ra Asadxo‘janing 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.
Shu tariqa, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 1/16 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bugun jahon chempionatining ikkinchi kunida yana uch nafar o‘zbekistonlik sportchi musobaqada o‘z ishtirokini boshlaydi.
Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatovga 1/8 finalda Tokio Olimpiadasi bronza medali sovrindori, qozog‘istonlik Saken Bibossinov raqib bo‘ladi. -75 kg vazn toifasida 2021 yilgi Osiyo chempioni Saidjamshid Ja'farov va bir necha bor O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Odiljon Aslonov ham jahon chempionatidagi debyutini o‘tkazadi.
- -80 kg. Odiljon Aslonov — Yusuf Changalave (Tanzaniya) – 19:30;
- -51 kg. Hasanboy Do‘stmatov — Saken Bibossinov (Qozog‘iston) – 21:00;
- -75 kg. Saidjamshid Ja'farov — Lukas Fernetsa (Slovakiya) – 23:10.
Mavzuga oid

09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)

10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:16 / 04.04.2025