Navoiyda navbatdagi gaz “o‘g‘riligi”. Bu safar yetkazilgan zarar 295 million so‘m

Foto: Hududgaz Navoiy
Navoiy viloyatida tabiiy gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgaz Navoiy” gaz ta'minoti filiali axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Navoiy shahrining Tinchlik qo‘rg‘onida joylashgan MChJlardan biriga tegishli issiqxona va ohak ishlab chiqarish sexi qarzdorligi sababli tabiiy gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilgan. Biroq olib borilgan o‘rganish davomida issiqxona va sexda tabiiy gazga o‘zboshimchalik bilan ulanib olingani ma'lum bo‘lgan.
O‘rnatilgan hisoblagich xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning ko‘rsatkichi metall sim tiqish orqali to‘xtatib qo‘yilgani aniqlangan.
“Hududgaz Navoiy” gaz ta'minoti filiali ma'lumotiga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 295 million 99 ming so‘m. Ushbu miqdordagi tabiiy gaz qish mavsumida 350 ta xonadonni bir oy ta'minlashga yetadi.
Oldinroq Karmana tumanida 240 ming metr³ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangandi.
Mavzuga oid

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

11:18 / 17.04.2025
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi

11:00 / 15.04.2025
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi

07:29 / 15.04.2025