Haitida o‘g‘irlab ketilgan har bir missioner uchun bir million dollardan to‘lov talab qilindi
Mamlakat adliya vaziri List Kitel FQB va Haiti politsiyasi jinoiy guruh vakillari bilan muloqotda bo‘lib turgani, muzokaralar bir necha haftaga cho‘zilishi mumkinligini ma'lum qildi.

Foto: KRIS MAHER/THE WALL STREET JOURNAL
Haitida 17 nafar amerikalik missionerni o‘g‘irlab ketgan jinoyatchilar guruhi 17 million dollar — har bir kishi uchun bir million dollardan to‘lov talab qilmoqda. Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.
«Amerikalik missionerlar guruhini o‘g‘irlab ketgan to‘da har bir kishini ozod qilish uchun bir million dollardan jami 17 million dollar talab qilmoqda», — degan haitilik mansabdorlardan biri.
O‘z navbatida, mamlakat adliya vaziri List Kitel FQB va Haiti politsiyasi jinoiy guruh vakillari bilan muloqotda bo‘lib turgani, muzokaralar bir necha haftaga cho‘zilishi mumkinligini ma'lum qildi.
«Biz ularni pul to‘lamasdan ozod qilmoqchimiz», — dedi Kitel va missionerlar Krua-de-Buke shaharchasidagi uylardan birida saqlanayotganini aytdi.
17 oktyabr kuni Haiti poytaxti Port-o-Prensda jinoyatchilar 17 nafar amerikalik missioner va ularning oila a'zolarini o‘g‘irlab ketishgani xabar qilingandi.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda Port-o-Prensning deyarli yarmini jinoiy to‘dalar nazorat qiladi.
Mavzuga oid

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

11:33 / 19.04.2025
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

08:35 / 19.04.2025